Toshkent_viloyati
Uzbekiston lichess milliy ligasi telegram kanali
https://t.me/lichessuzbekistanligue

" Shifobaxsh O'lka "
Toshkent viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Respublikaning shimoli-sharqida. 1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan.Shimol va shimoli-g‘arbdan Qozog‘iston Respublikasi, shimoli-sharqdan Qirg‘iziston Respublikasi, sharqdan Namangan viloyati, janubdan Tojikiston Respublikasi, janubi-g‘arbdan Sirdaryo viloyati bilan chegaradosh. . Maydoni (Toshkent shahri hududidan tashqari) 15,3 ming km2. Aholisi (Toshkent shahri aholisisiz) 2,4 million kishidan ortiq (2004).
Viloyat tarkibiga 15 tuman (Bekobod, Boʻka, Boʻstonliq, Zangiota, Oqqoʻrgʻon, Ohangaron, Parkent, Piskent, Chinoz, Yuqori Chirchiq, Yangiyoʻl, Oʻrta Chirchiq, Qibray, Quyi Chirchiq), 17 shahar (Angren, Bekobod, Boʻka, Doʻstobod, Keles). , Olmaliq, Oqqo‘rg‘on, Ohangaron, Parkent, Piskent, Toshkent, To‘ytepa, Chinoz, Chirchiq, Yangiyo‘l, Yangiobod, G‘azalkent), 18 shaharcha (Alimkent, Bo‘zsuv, Gulbarixor, Zafar, Iskandar, Krasnogorsk, Nurobod, Olmazor, Salor), Chorvoq, Eshonguzar, Yangibozor, Yangi Chinoz, Yangihayot, Oʻrtaovul, Qibrayda 146 qishloq fuqarolar yigʻini bor. Markazi Nurafshon shahri.
Toshkent vohasining tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Bu yerda tosh davri odamlari manzilgohlarining izlari, bronza davri manzilgohlarining qoldiqlari va ko‘hna qalʼa, qo‘rg‘onlarning xarobalari, hamda qoyatoshga uyilgan rasmlar topilgan.
Ammo bu o‘lka nafaqat qadimiy tarixi bilan balki, boy tog‘oldi tabiati bilan o‘ziga jalb etadi. Siz bu yerda dam oluvchilar uchun barcha sharoitlarga ega Chorvoq suv ombori qirg‘oqlarida quyoshda toblanishingiz, Ugam-Chotqol tabiiy parki bo‘ylab sayohat qilishingiz, sirli g‘orlar, tog‘li sharsharalar va oynadek toza ko‘llarni o‘zingiz uchun kashf etishingiz, shunindek Ugam, Chotqol va Pskom tezoqar soylarida suzib tushishingiz mumkin.
Qishki mavsumda esa viloyatning Amirsoy, Chimyon, Bildirsoy va Yangiobod tog‘-chang‘i dam olish maskanlarida dam olishingiz mumkin. Tog‘-chang‘i turizmining asosiy mavsumi noyabr oyidan mart oyigacha davom etadi. Muloyim iqlim, shamolning yo‘qligi, chang‘i poygasi va tez tushish uchun yo‘laklarning ko‘pligi tog‘-chang‘i sporti uchun ajoyib sharoitlarni yaratadi.
